Institut yangiliklari

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) oʻrtasida «Oʻzbekistonda veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash» grant loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida 2023-yil 3-8-oktyabr kunlari Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori K. Komilov Germaniya Federativ Respublikasining Myunxen shahrida boʻlib turibdi.