Institut yangiliklari

Xorijning qator rivojlangan davlatlari qatorida boʻlgan Xitoy Xalq Respublikasi vakillari bilan yana bir kelishuvga qadam qoʻyilmoqda.

Xinjiang qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi rahbariyatining vitse prezidenti Zxaodeti Abuduhadeyer boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari institut rahbariyati bilan muloqot olib bordi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad;

▶️Ilmiy-tadqiqot;
▶️Oʻquv uslubiy;
▶️Fan, taʼlim, ishlab chiqarish integratsiyasini uzviy bogʻlash;
▶️Mutaxassislar oʻrtasida tajriba almashish;

Delegat vakillari hamda institut rektori bilan oʻtgan suhbatda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining bugungi kunga qadar erishgan yutuqlari va ularning davomiyligi haqida tanishtirildi. Institutda taʼlim sifati, mutaxassislarni raqobatbardosh qilib tarbiyalashdagi asosiy masalalarga toʻxtaldi. Muzokaralar davomida har ikki mamlakat vakillari oʻz faoliyati, erishilgan yutuqlar bilan tanishtirib oʻtdilar.