Quvnoqlar va zukkolar mavsumi

Quvnoqlar va zukkolar mavsumi boshlandi. Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari tarkibidan iborat «Ogʼalar» jamoasi necha yillardan buyon sahnada oʼz muhlislariga ega. Аna shunday talabalarimiz safini kengaytirish, ular orasidan iqtidorlilarini shakllantirish va 1-bosqich talabalarini darsdan boʼsh vaqtlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbiralarga jalb qilish maqsadida “Quvnoqlar va zukkolar” koʼrik –tanlovi oʼtkazildi. Unda institutning barcha (5 ta) fakulьtetlarining iqtidorli, sanʼatga qiziqishi baland boʼlgan yoshlari qatnashishdi. Tanlov nizomiga koʼra 3 ta shart belgilangan. Unda talabalar yumorga boy boʼlgan chiqishlari bilan ishtirok etishlari va sahnada bor mahoratlarini koʼrsatishlari zarur boʼladi. Faqatgina har bir hazil meʼyoridan oshmagan holda boʼlishi hayʼat aʼzolarining doimiy eʼtibori boʼldi. Tanlov shartlarida ham bu qatʼiy belgilab qoʼyilgan. “Talabalarni baholash qiyin kechdi. Sababi, ularning bari iqtidorli va aʼlo bahoga munosib. Lekin, baribir kim ustun ekanini shaffof aniqlab berish vazifamiz” – deydi hayʼat aʼzosi, institut yoshlar yetakchisi Orifjon Аbdullaev.